Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 SHEROBOD TUMANIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov tomonidan “Dehqonariq” mahalla yettiligi ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6