Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
янв.21
Saylov okrugidagi ekologik holat deputat nazoratida
янв.21
Shahrisabz tumanida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar "Miraki" hududiga e'tibor qaratdilar
янв.21
Deputatlar ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandilar
янв.21
“Tudamaydon” mahallasida katta o‘zgarishlar: ijtimoiy imkoniyatlari oshiriladi.
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
"Oqoltin" mahallasining imkoniyatlari kengaymoqda
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

 Hisobotlar va muhokamalar:

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha tumandagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va mas’ullarning hisobotlarini eshitish (Mas'ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✅O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida PF-98-sonli Farmon ijrosi yuzasidan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash

(Mas'ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Asosiy Kengashning vazifalari:

Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.

  ✅Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.

  O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

 Tashkiliy tadbirlari:

Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish.

OAVda materiallar chop etish va intervyular berish (mart oyida ham reja asosida).

✅Ushbu tadbirlar 15-mart yakunigacha Xalq deputatlari tuman Kengashida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.