Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati hamda Madad nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahalliy Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida tuzildi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar mahalliy Kengash qarorlari va turli dasturlar loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishda hamkorlik qiladi. Shu bilan birga, Kengash kotibiyati xodimlarining malakasini oshirish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari va treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

Memorandum doirasida aholini huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham kuchaytiriladi. 

Slide 1 of 4