Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotini bo‘g‘uvchi illat
янв.21
Shahrisabz tumanida maktab qurilishi qat’iy nazoratda
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Murojaatlar e’tiborda: Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi
янв.21
EKOLOGIK MADANIYAT — MAKTABDAN BOSHLANADI!
янв.21
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda
янв.21
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi
Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ijrosi Toyloq tumanida muhokama qilindi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma birinchi sessiyasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Lola Rustamovaning mazkur qaror ijrosi yuzasidan hisoboti eshitilib, ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil davomida bolalar o‘rtasida maqsadli skrining tadbirlarini tashkil etish, 1–18 yoshdagi bolalarni muntazam onkologik va onkogematologik tekshiruvdan o‘tkazish, erta tashxis qo‘yish hamda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan ta’minlash vazifalari belgilandi. Shuningdek, ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, davolash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish va aholiga profilaktika bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.

Tuman budjeti hisobidan sohani rivojlantirish uchun zarur mablag‘larni ajratish, xorijiy tajribani joriy etish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ham aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur qaror bolalar salomatligini mustahkamlash, saraton kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolashni yo‘lga qo‘yish orqali sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2