Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 17-Katta Machit saylov okrugidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Xodjayeva Zamira Isroilovna tumandagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash hamda muassasaning mavjud imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni maktabgacha ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatlardan biridir. Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan talablar hamda bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga oid huquqiy asoslar belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan, deputatlik o‘rganishlari ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish va tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilishi lozim.

Deputat Xodjayeva Zamira Isroilovnaning mazkur o‘rganishi hududdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda soha rivojiga daxldor masalalarni o‘rganishga qaratildi.

Slide 1 of 2