Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrdagi oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Toshkentlik go‘zari ko‘chasi, 2-uyida istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro A.Jamilova xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida oilaning yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadonni ta’mirlash ishlari uchun 20 mln 30 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu mablag‘ oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash va yanada qulay muhit yaratishga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5