Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi



Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya raisi Olimjon Dadajonov olib bordi.

Majlisda Kengash raisi Abduvohid Turdiboyev ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Toshkent viloyati suv taʼminoti” MCHJ Chinoz tuman filial rahbari A. Alchurazovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-avgustdagi PQ-341-son qarori hamda 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-son qarori ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi masala muhokamasida Kengash raisi Abduvohid Turdiboyev, Doimiy komissiya raisi O.Dadajonov so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, tegishli hujjatlar qabul qilindi.

✍️Bekzod Ortiqboyev
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 3