Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
🏛 MAHALLADA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI


🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat O. Dadajonovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Nafis mahalla fuqarolar yig‘inida soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan 56 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 12 ta yuridik shaxsning soliq majburiyatlarini bajarishi, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💰 Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ko‘rib chiqildi. Soliq qarzdorligini kamaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👥 AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR
📌 Deputat O. Dadajonov tomonidan Oydin, Rasulobod va Nafis mahallalarida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, reyestrga kiritilmagan ishsiz fuqarolar hamda mehnat migratsiyasidagi shaxslarning oilalari holati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va oilalar daromadini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Amaliy natija sifatida reyestrga kiritilmagan ishsiz fuqarolardan 4 nafari — X. Boboyev yordamchi ishchi, N. Poyonov operator, L. Ulukberdiyeva va D. Ko‘ziboyevalar esa qadoqlovchi lavozimlariga “JU FU” korxonasiga ishga joylashtirildi.
🔹 Bunday o‘rganishlar aholi muammolarini aniqlash, ularni joyida hal etish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3