Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#24_ta_masala #4_band_ijrosi “Sohibkor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 12-Oxunboboyev saylov okrugi deputati Sherzod Salixovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Axmedov Sardorning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 O‘rganish natijalariga ko‘ra:
🔹 aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha — 138 ta holat amalga oshirilgan;
🔹 yil boshida kambag‘allik reyestrida 62 ta oila mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 52 taga kamaygan;
🔹 oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 19 nafar fuqaroga kredit ajratilgan;
🔹 “Mahalla loyihasi” doirasida 27 ta biznes loyihasi amalga oshirilgan;
🔹 “Biznesga birinchi qadam” yo‘nalishida 17 ta loyiha qo‘llab-quvvatlangan;
🔹 zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish yo‘nalishida 16 nafar fuqaro ta’limga jalb etilgan.
📌 Mazkur ko‘rsatkichlar mahallada aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
🔎 Shu bilan birga, o‘rganish davomida mavjud muammolar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2