Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov, tuman Kengashi deputatlari O. Musanov hamda E. Rajabov Yangibo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxonaning holati, sinf xonalarida me’yoriy haroratni saqlash imkoniyatlari hamda sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud muammolarni hal qilish hamda maktabning kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi uchun zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2