Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
10-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov tomonidan G‘oliblar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari, isitish mavsumida foydalanish uchun shakllantirilgan ko‘mir zaxirasining mavjudligi hamda uning holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, mavjud infratuzilmasi va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning qulay va xavfsiz sharoitlarda ta’lim olishi, sinf xonalari hamda maktabning boshqa tegishli hududlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq jihatlar o‘rganildi. Bunda ta’lim muassasasining mavsumiy sharoitlarga tayyorligi va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2