Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Bog‘zor” mahallasida mahalla boshqaruvi va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini manzilli hal etish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova okrugiga qarashli “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida mahalladagi boshqaruv tizimining samaradorligi, mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi hamda aholi bilan ishlash jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

▪️ “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, hamkorlikni mustahkamlash va vazifalar ijrosini ta’minlash;

▪️ fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni xonadonbay o‘rganish va ularni hal etish choralarini belgilash;

▪️ mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash, aholining ehtiyojlarini o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish;

▪️ mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, mahalla faollari mas’uliyatini oshirish;

▪️ aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Uchrashuv yakunida mahalla raisi va faollariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda manzillilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.