Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich raislik qildi. Unda tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan muhokama olib borildi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, tuman prokurori Mirsagatov Qaxramon Xaydarovichning prokuratura organlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan faoliyat to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Mazkur axborotda prokuratura organlarining qonuniylikni ta’minlash, qonun buzilishi holatlarining oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirishda mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish, qonunbuzilishlarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini olib borish ham vakillik organining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Yig‘ilish davomida mazkur masalani xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasida keng muhokama qilish, deputatlar tomonidan bildiriladigan fikr-mulohaza va takliflar asosida tegishli xulosalar chiqarish muhimligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida tuman prokurorining axborotini Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
🇺🇿 Doimiy komissiyaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati qonun ustuvorligini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish va aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qilish hamda bu borada deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 5