Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARXLARI VA TA’MINOT HOLATI O‘RGANILDI

✅ Aholi dasturxonining to‘kinligi, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning yetarli bo‘lishi hamda narx-navoning barqarorligini ta’minlash muhim masalalardan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 25-«Oydin» saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan tuman bozorlarida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi holati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida bozorlarda kundalik iste’mol uchun zarur mahsulotlarning mavjudligi, savdo rastalaridagi ta’minot holati, mahsulotlar assortimentining yetarliligi va narxlarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘p xarid qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini kuzatib borish, bozorlarda mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash hamda xaridorlar uchun qulay savdo sharoitlarini yaratish masalalari muhimligi qayd etildi.
📊 Deputatlik nazorati doirasida bozorlardagi mavjud holatni o‘rganish orqali aholini sifatli va zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, narx-navoning asossiz oshishining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan masalalarga e’tibor qaratildi.
🛍 Bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, savdo qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda aholining xarid imkoniyatlarini inobatga olgan holda savdo faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
✅ Aholining kundalik ehtiyojlarini o‘rganish, bozorlardagi narx-navoni muntazam kuzatib borish va mahsulotlar ta’minotidagi mavjud muammolarni aniqlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Maqsad — aholi uchun zarur mahsulotlar ta’minotini yaxshilash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va bozorlarda barqaror savdo muhitini ta’minlash!

Slide 1 of 5