Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahallasi hududida joylashgan 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilgan deputatlik nazorati doirasida muassasaning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida isitish tizimlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, shuningdek, bino va inshootlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🌡 Ayniqsa, sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va iliq muhitni ta’minlash, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashiga erishish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mavsumga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazoratidan ko‘zlangan maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 7