Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Muzaffar Qarshiyev tomonidan mahalla aholisining murojaatlari asosida Oltinsoy tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Ya.E.Jumaqulovga rasmiy Deputatlik so‘rovi yuborildi.

⚡️ Muammo nimada? Bugungi kunda Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasi hududida elektr energiyasi uzatish tarmoqlaridagi ayrim yog‘och ustunlar uzoq muddat foydalanish natijasida eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Bu esa elektr ta’minotida uzilishlarni keltirib chiqarish bilan birga, aholi va xususan yosh bolalar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

📝 Deputat so‘rovida qanday masala qo‘yilgan? Deputat M.Qarshiyev “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi hamda “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga tayangan holda quyidagi ishlarni amalga oshirishni so‘ragan:

·“Obshir” mahallasidagi yaroqsiz yog‘och ustunlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish;

·Mahallaga 30 dona yangi temir-beton elektr ustuni ajratish, ularni yetkazib berish va belgilangan texnik talablar asosida o‘rnatish ishlarini tashkil etish.

Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi kutilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3