Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi

Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari E.Peysenov va B.Baxovadinovlar tomonidan profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

📌 Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla faollari bilan hamkorligi, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish jarayonida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda tegishli tashkilotlar hamkorligini yanada mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2