Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan A.Yo‘lbarisov MFY «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📌 Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🤝 O‘rganish jarayonida «mahalla yettiligi»ning o‘zaro hamkorligi, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash hamda har bir oilaning muammosidan kelib chiqib, tegishli choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Asosiy maqsad — kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash va fuqarolarning daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar samaradorligini kuchaytirish.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3