Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_oldi_o'rganish
#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
📍 MEHRABOD MAHALLASIDA SAYYOR UCHRASHUV


🏘 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda 20-Mehrabod saylov okrugi deputati J.Qodirov tomonidan “Mehrabod” mahallasida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida ko‘chaboshilar, nuroniylar va fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, mahallada mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

🔹 Xususan, mahallani obodonlashtirish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📊 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi doirasida 2026-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan fuqarolarga tushuntirish berildi. Mazkur masala bo‘yicha aholining taklif va mulohazalari ham o‘rganildi.

✅ Uchrashuv aholi bilan muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan takliflarni shakllantirishga qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2