Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Saxovat” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Saxovat” mahallasida o‘tkazildi.

Mahalla raisi ishtirokida tashkil etilgan muhokamada “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida olib borilib, PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosidagi ijrosi va mas’ullarning o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.

Tadbir yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.