Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan Qizilolma mahallasida deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida Qizilolma mahallasining Kampirtepa va Shalqon qishloqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi doirasida qurilishi boshlangan ko‘priklarda qurilish ishlari to‘xtab qolgani aniqlandi.
📝 Aniqlangan holat yuzasidan deputat X. Xojidinov tomonidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda qurilish ishlari to‘xtab qolishining sabablari, ularni davom ettirish rejalari va ko‘priklarning yakunlanish muddati yuzasidan ma’lumot taqdim etish hamda masalani ijobiy hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

🤝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3