Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov tomonidan Degrez mahallasidagi Quvnoq va Beshqayrag‘och ko‘chalari kesishmasida joylashgan piyodalar o‘tish joyi holati o‘rganildi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi doirasidagi “Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirildi.

🕯 O‘rganish davomida Quvnoq va Beshqayrag‘och ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar o‘tish joyida yo‘l chiziqlarini chizish, ushbu hududda piyodalar, xususan, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💹 Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mas’ullariga murojaat qilinib, tumanda hal etilishini kutayotgan shu kabi muammolar yetkazildi. Jumladan, piyodalar o‘tish joylarida yo‘l chiziqlarini belgilash va yangilash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tuman Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

🗂 Shuningdek, 2025-yil 20-fevraldagi O‘RQ-1033-son Qonun bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir javobgarlik choralari takomillashtirildi. 2026-yil 5-avgustdagi O‘RQ-1162-son «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun ham yo‘l infratuzilmasini tartibga solishning muhim huquqiy asoslaridan biridir.

📈 Mazkur deputatlik o‘rganishidan asosiy maqsad — 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla ichki yo‘llaridagi mavjud muammolarni aniqlash, piyodalar o‘tish joylarining xavfsizligini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirishdan iborat. Aniqlangan masalalarning mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va amaliy yechim topishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Slide 1 of 3