Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

 Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati I. Mamajonov tomonidan Olmazor tumani Ziyokor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Aholini qiynab kelayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, har bir murojaatni qonuniylik, xolislik va adolat tamoyillari asosida ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

🔎 Deputatlik nazorati — aholi muammolariga befarq bo‘lmaslik, fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish va murojaatlar ijrosini ta’minlashning muhim vositasidir. Shu nuqtayi nazardan, sayyor qabullar orqali mahalla aholisining talab va takliflarini o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

☑️ Fuqarolar murojaatlari deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy natijaga erishish doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 5