Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
🔰Deputat mahallada.

📌3-“Ittifoq” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattarova “Ittifoq” MFY “yettilik” vakillari bilan hamkorlikda hudud aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

🔸Sayyor qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llarni taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr taʼminoti sifatini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda yoshlar bandligini taʼminlash kabi qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Deputat va mahalla faollaridan iborat ishchi guruh har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqdi.

🔸Muloqot davomida tushgan murojaatlarning aksariyati mahalla “yettiligi”ning imkoniyatlari va deputatlik ko‘magi bilan joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab qiladigan murakkab masalalar esa xalq vakilining qatʼiy nazoratiga olinib, tegishli davlat tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ijobiy yechim topishi belgilandi.

Slide 1 of 4