Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Degrizlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi M.Qosimovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va bandlikka yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

️Shuningdek, yoshlar yetakchisining mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan faoliyatiga e’tibor qaratildi. Yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish, ayniqsa, ko‘makka muhtoj va bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan manzilli ishlash muhimligi qayd etildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar siyosatiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3