Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
BOLALAR XAVFSIZLIGI — ENG USTUVOR VAZIFA

🔰#munosabat

BOLALAR XAVFSIZLIGI — ENG USTUVOR VAZIFA

👨‍👩‍👧‍👦Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi jamiyatda bola huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish masalasiga yanada jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatadi.
👨‍👩‍👧‍👦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, har bir bolaning xavfsiz muhitda yashashi, ta’lim olishi va sog‘lom ulg‘ayishi uchun sharoit yaratish barchamizning burchimizdir. Bunday jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligi bolalar himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👨‍👩‍👧‍👦Shu bilan birga, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faqat qonuniy choralar bilan cheklanmasligi kerak. Ota-onalar, ta’lim muassasalari, mahalla va keng jamoatchilik hamkorligida bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni xavf-xatarlardan ogoh etish hamda har qanday zo‘ravonlik holatiga befarq bo‘lmaslik zarur.
👨‍👩‍👧‍👦Zero, bolaning hayoti, xavfsizligi va daxlsizligi — jamiyatning eng muhim qadriyatidir. Bolalarga qarshi jinoyat sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt