Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!

#deputat_faoliyati

🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!

🇺🇿Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva hamda tuman hokimligi hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududidagi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✔️Tadbirda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy tariximizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat ekani alohida ta’kidlandi. O‘zbek tilining sofligini saqlash, uning nufuzini oshirish, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va mehr tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, ishtirokchilar ona tilini asrab-avaylash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, kelajak avlodga boy ma’naviy meros sifatida yetkazish har birimizning muhim burchimiz ekanini qayd etdilar.
✔️Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga ehtiromdir. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tilimizga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4