Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
ISSIQXONA XO‘JALIKLARIGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR — TADBIRKORLIK VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI UCHUN MUHIM QADAM

🔰#munosabat

ISSIQXONA XO‘JALIKLARIGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR — TADBIRKORLIK VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI UCHUN MUHIM QADAM

➡️Issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalar joriy etilishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
➡️Ayniqsa, QQS va foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, ijtimoiy soliq stavkasining 1 foizga tushirilishi, yer va mol-mulk soliqlarining 50 foizga kamaytirilishi issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. “Yashil” issiqxonalar elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplab berish mexanizmi esa energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga rag‘bat yaratadi.
➡️Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, avvalo, joylarda tushuntirish ishlarini kuchaytirish, imtiyozlarning belgilangan tartibda qo‘llanilishini ta’minlash va issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishni talab etadi.
➡️Ayniqsa, tomorqa yerlarida issiqxona tashkil etayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash orqali oilaviy daromadlarni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ichki bozorni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin.
➡️Bizning vazifamiz — yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasini ta’minlash, tadbirkorlar va tomorqa egalari manfaatlarini himoya qilish hamda issiqxonao‘jaliklarining barqaror rivojlanishiga deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

Umid Ro‘ziyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt