Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida

🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida joylashgan 1-son texnikum faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida texnikum hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ta’lim muassasasining mavjud infratuzilmasi hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹Jumladan, qurilish ishlarining borishi, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining soz holatda bo‘lishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
🔹Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ta’lim muassasasida uzluksiz va xavfsiz ta’lim jarayonini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
🔹Deputatlik nazorati doirasida texnikum faoliyatini yanada yaxshilash, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari e’tiborda bo‘ladi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5