Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
🏦Yaylovlardan oqilona foydalanish — ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligi garovi

🔰#munosabat

🏦Yaylovlardan oqilona foydalanish — ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligi garovi

🔺Yaylovlar chorvachilikni rivojlantirish, tabiiy resurslarni asrash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv ta’minotini yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
🔺Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ushbu yo‘nalishda ilgari surilayotgan vazifalar yaylovlarning tabiiy holatini saqlash, suv resurslaridan samarali foydalanish va chorvachilik uchun barqaror sharoit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🔺Bugungi kunda mamlakatimizda 21,255 million gektar yaylov mavjud bo‘lib, ulardan atigi 40 foizidan samarali foydalanilayotgani sohada mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ko‘rsatadi. Yaylovlarni tiklash, qo‘shimcha quduqlar qazish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏦Deputat sifatida, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning hududlarda samarali amalga oshirilishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim, deb hisoblayman. Zero, yaylovlarni asrash — nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir.

Erkin Tursunov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt