Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162ta_qonun
#biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Pensiya bo‘limida "Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

🫥Bandixon tumanida deputatlik nazorati hamda 162 ta Qonunlar ijrosini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov— Bandixon tumani Pensiya bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyatini har taraflama o‘rgandi.

🫥O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi hamda sohada fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash maqsadida tashkil etildi.

🫥Monitoring davomida fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlash, ish stajini hisoblash va ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari, elektron tizimlarning barqaror ishlashi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, bo‘limga tashrif buyurgan nuroniylar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning sohadagi xizmatlar bo‘yicha e’tiroz va takliflari tinglandi.

🫥Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, pensiya ta’minoti sohasida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan Pensiya bo‘limi rahbar va xodimlariga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1