Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati
#sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalalar
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#doimiy_komissiya
#deputat_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot

🏛️ Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bandixon tumani bo‘limida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

⏺Unda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda bosh mutaxassis B.Qurbonov ishtirok etdilar.

💬 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining Bandixon tumanida ijrosi bo‘yicha 2026-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

▶️Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholi muammolarini tezkor hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

▶️O‘rganishlar davomida tizimdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda mahallalarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✔️Mahallalarda ochiqlik, hisobdorlik va aholi bilan samarali muloqotni kuchaytirish, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 1