Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman Elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida energetika va kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarning oldini olish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiya a’zosi B.Yo‘ldoshev hamda tuman Kengashi deputati X.Abdimo'minov 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Bandixon tuman Elektr tarmoqlari korxonasida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazishdi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-sonli Qonuni talablarining ijro etilishi, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, moddiy-texnik resurslardan unumli va manzilli foydalanish hamda iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida korxona rahbariyati va mas’ul xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli amaliy vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2