Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati

SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari D.Do'squlova, Q.Nishonov, K.Mamanova hamda Z.Shodmonov 11-Muqimiy saylov okrugi hududidagi Bog‘ishamol MFYda joylashgan Jizzax pedagogika texnikumiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida texnikum tomonidan tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Issiqxonada amalga oshirilayotgan ishlar, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

Shuningdek, issiqxona faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida texnikum tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tashabbusning amaliy ahamiyatiga e’tibor qaratilib, issiqxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 3