Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Senator ota-onalar bilan uchrashdi

Senator ota-onalar bilan uchrashdi

🌐Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Abdullayev Bahrom Ismoilovich Pastdarg‘om tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabi hududida ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👍Muloqot davomida maktabdagi
ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan masalalar muhokama qilindi.

🦅Ota-onalar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, farzandlarining ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, maktab hududini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq takliflarini bildirdilar.

📍 Shuningdek, uchrashuvda o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash, maktabga borib-kelish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligiga rioya etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

✅ Senator tomonidan ota-onalarning murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.
👨‍💼 Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash hamda ularning ijrosini nazoratga olish muhimligi qayd etildi.
🇺🇿Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish — vakillik organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.  

Slide 1 of 2