Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar e’tiborida

“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy va hamkorlikdagi vazifalari aniq belgilab berilgan.

✅Xususan, mazkur Farmonning 1-bo‘limi, “Mahalla raisi uchun tavsiya etiladigan asosiy vazifalar”ining 9-bandida mahalla raisiga har chorakda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berish vazifasi yuklatilgan.

📍 Shu asosda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan Paxtachi mahallasi raisining chorak yakuni bo‘yicha hisoboti eshitildi.

✅Hisobot davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✅ Deputatlar tomonidan mahalladagi ishlarning amaliy natijadorligi, fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi, “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli savollar berildi.

✅Shuningdek, mahallada hali yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida mahalla raislarining hisobotlarini muntazam eshitib borish hududdagi muammolarni bevosita o‘rganish, ijro intizomini mustahkamlash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.   

Slide 1 of 2