Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasida o‘rnatilgan SOS (tashvish) tugmasining ishlash holati hamda tezkor xizmatlarning chaqiruvlarga munosabati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan amaliy tekshiruv davomida SOS tugmasi bosilganiga qaramay, 30 daqiqa kutish mobaynida voqea joyiga birorta ham mas’ul xodim yetib kelmagani kuzatilgan. Mazkur holat fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan tizimning samarali ishlashiga oid jiddiy savollarni yuzaga keltirgan.

Shu munosabat bilan Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshlig‘iga yuborilgan deputat so‘rovida signalning tegishli xizmatga yetib borishi, uni qabul qilish va qayd etish tartibi, mas’ul xodimlarning harakati hamda belgilangan tezkorlik muddatiga rioya etilmagani sabablari yuzasidan batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, SOS tugmasining texnik holatini tekshirish, yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida fuqarolarning yordam chaqiruvlariga o‘z vaqtida javob berilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish masalalari ko‘tarilgan.

Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — fuqarolarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash, jamoat xavfsizligi tizimining samarali ishlashiga erishish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning munosabatini olishdan iborat.

Slide 1 of 4