Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#162_ta_qonun

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni davlat mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, davlat xaridlari jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, raqobat muhitini rivojlantirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur Qonun davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solib, davlat buyurtmachilarining tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qonuniy va samarali tarzda qondirish mexanizmlarini belgilaydi.

Davlat xaridi nima?

Qonunda davlat xaridlari davlat buyurtmachilarining tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni sifatida ta’riflangan. Davlat organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi tashkilotlar o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni aynan davlat xaridlari orqali sotib oladi.
Qonunning asosiy prinsiplari

⬇️ Davlat xaridlari jarayoni quyidagi muhim prinsiplarga asoslanadi:

✅ kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;
✅ asoslanganlik;
✅ mablag‘lardan oqilona va tejamkor foydalanish;
✅ ochiqlik va shaffoflik;
✅ raqobat va xolislik;
✅ mutanosiblik;
✅ barqarorlik;
✅ davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
✅ korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun davlat mablag‘laridan samarali foydalanish, xarid jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda korrupsiyaning oldini olishda muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Ushbu qonun talablariga qat’iy rioya etilishi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1