Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
I. Ashrapova tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirida ishtirok etildi.

🤝Uchrashuv davomida nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, hayotiy tajriba almashish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Qonun ijrosi — qadriyatlar e’zozida!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila, bolalar va yoshlar davlat himoyasida ekanligi belgilangan. Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.

✨Bunday uchrashuvlar yoshlarning hayotiy tajribaga ega insonlardan saboq olishiga, milliy urf-odat va an’analarimizni chuqur anglashiga hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2