Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
⚽️AMUDARYODA NAVBATDAGI YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Utemuratovaning deputatlik tashabbusiga asosan “Tashabbusli budjet” loyihasining qo‘shimcha g‘olibi sifatida 4-Beruniy saylov okrugi hududidagi Olmazor MFYda joylashgan markaziy stadionda keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida:
⚽️ Stadionga zamonaviy sun’iy qoplamali gazon yotqizilmoqda;
🚪 Sportchilar uchun kiyinish xonalari hamda hakamlar xonasi to‘liq ta’mirdan chiqarilmoqda.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov (O‘zLiDeP), deputatga biriktirilgan Yoshlar maslahat guruhi vakili, tuman Kengashi Kotibiyat bosh mutaxassisi Bobur Allaberganov hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari rahbarlari obyektga tashrif buyurib, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayon davomida qurilish sifatini ta'minlash va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda mas'uliyatlar belgilab olindi. Bu kabi loyihalar hudud yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qiladi.

Slide 1 of 5