Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I.Ashrapova tomonidan “Oktabr — Keksalar haftaligi” doirasida tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriysi hamda 100 yoshdan oshgan besh nafar uzoq umr ko‘rayotgan keksalar holidan xabar olindi.

🤝Tashrif davomida keksalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning hayotiy tajribalari, bosib o‘tgan yo‘llari va ezgu tilaklari tinglandi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilandi.

🙏O‘z navbatida, faxriylarimiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Prezidentimizga uzoq umr tilab, ezgu duolar qilishdi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari belgilangan. Shuningdek, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim huquqiy asoslaridan biridir.

💚Keksalarni e’zozlash, ularning duosini olish va hayotiy tajribalarini qadrlash — milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.

Slide 1 of 2