Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda kimlar ishtirok etdi?
Komissiya a’zolari va Kotibiyat xodimlari;
Siyosiy partiyalar tuman Kengashlari rahbarlari;
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari.

🛒 KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALA
Yig‘ilishda "Adolat" SDP deputatlik guruhi tomonidan ilgari surilgan muhim masala – bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda ularning yetarlilik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aholiga sifatli go‘sht mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida parrandachilik, quyonchilik va baliqchilik kabi noan’anaviy yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi tahlil qilindi.

🔍 JAMOATCHILIK NAZORATI VA AMALIY O‘RGANISHLAR
2026-yilning 9 oyi davomida “Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish va narx-navoning sun’iy oshib ketishining oldini olish ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini o‘rganish” vazifasi partiya deputatlari zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar tumandagi mas’ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Amudaryo tumani “Mang‘it” dehqon bozorida bo‘lib, amaliy o‘rganishlar o‘tkazishdi:

Asosiy maqsadimiz — tumanimiz aholisini arzon, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sun’iy narx oshishining oldini olishdan iborat!

Slide 1 of 4