Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#_24_Masala

O‘zbekiston LiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Madamin Kazakov hamda Yaxshimurat Axmedov, shuningdek, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Bobur Allaberganov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish tadbiri 3-Do‘stlik saylov okrugiga qarashli “Farovon” MFYda tashkil etilib, unda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganishning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmoni ijrosini nazorat qilish va ta'minlashdan iborat bo‘ldi.

🔍 Tadbirkorlik va mahallani rivojlantirish – e'tibor markazida: Muloqot davomida “Mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy muhitni yaxshilash borasidagi ishlari tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan mas'ullarga farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash bo‘yicha zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik va jamoatchilik nazorati doimiy ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3