Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Deputatlik nazorati:

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, Y.Axmedov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 21-Choyko‘l saylov okrugida joylashgan Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

O‘rganishlar davomida deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligi, xususan, Hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroficha ko‘rib chiqildi.

Soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli "2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy tadbirlar deputatlik nazoratiga olindi.

Uchrashuv va muloqotlar davomida aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Hududlarda aholi turmush darajasini yaxshilash va qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4