Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida tumanda aholi murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va ko‘tarilgan muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Tumandagi tashkilotlar tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilmoqda. Murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi nazorat qilinib, belgilangan muddatlarda hal etilmagan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz oy davomida takroriy murojaatlar soni 465 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning asosiy qismi bolalar nafaqasi va aliment undirish masalalariga taalluqli. Shuningdek, tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda aholi muammolariga oid 31 ta murojaat o‘rganilib, 18 tasi ijobiy hal etilgan, 13 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarga amaliy yechim topish va mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari deputatlik nazoratida!
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-51-son Farmoni.

Slide 1 of 1