Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati U. Qo‘qonov ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida muassasaga tashrif buyurdi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining sovuq mavsumda uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, muassasaga olib kelingan ko‘mir zaxirasi va uning sifati, shuningdek, isitish pechlarining texnik holati hamda foydalanishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida zarur harorat sharoitlarini yaratish, isitish tizimlarining samarali va barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud yoqilg‘i zaxiralaridan oqilona foydalanish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi bemorlar uchun qulay sharoit yaratish, tibbiyot xodimlarining faoliyatini uzluksiz tashkil etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur yo‘nalishda mavjud holatni joyida o‘rganish, aniqlangan masalalarga tegishli tartibda e’tibor qaratish hamda mavsumiy tayyorgarlik ishlarining borishini nazorat qilishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Slide 1 of 6