Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
FUQAROLAR MUAMMOSI — E’TIBOR VA AMALIY YORDAM MARKAZIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFYdagi ijtimoiy xodim faoliyati, xususan, fuqarolar bilan ishlash holati o'rganildi.

Jarayon davomida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, muammolarini o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tegishli ko‘mak choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan manzilli ishlash, ularning holidan muntazam xabar olish hamda murojaatlarini tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ishlashda qog‘ozdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan, muammoni joyiga chiqib ko‘rish, insonning real ehtiyojini aniqlash va imkon qadar amaliy yechimga erishish muhimligi ta’kidlandi.

Fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy masalalari va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2