Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputati B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik mahallasida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

✅Mazkur tadbir Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida tashkil etildi. Tashrif davomida deputat va kotibiyat xodimi tomonidan mahalla raisi va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganishlar davomida mahallada "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, xonadonbay xatlovlar natijasi, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi.

✅Tahliliy muhokamalar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1