Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
YOSHLAR BILAN ISHLASHDA MANZILLI YONDASHUV — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFY yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.
Jarayon davomida hududdagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish, yoshlarni bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni sport, madaniy-ma’rifiy va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlashda har bir murojaatni e’tibordan chetda qoldirmaslik, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yoshlarning taklif va tashabbuslariga amaliy ko‘mak berish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 2