Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
BOBUR MFYDA MAHALLA FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati U. Qo‘qonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini o‘rganish doirasida Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

 
O‘rganish davomida mahalla yettiligi va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan muloqotni tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi. Shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida o‘rganish va tegishli tartibda hal etishda mas’ullarning hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Bobur MFYda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Mavsum davomida aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash, hududdagi masalalarga befarq bo‘lmaslik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1